«Navbahor» Superligada ketma-ket beshta uchrashuvda g‘alaba qozonib, 8 yillik tanaffusdan so‘ng bu natijani yana takrorladi.
Namangan klubi so‘nggi marta 2018 yilda ketma-ket beshta g‘alabaga erishgan edi. O‘sha mavsumda jamoa Superligani 3-o‘rinda yakunlagan.
Bu natija «Navbahor»ning ushbu mavsumdagi yuqori sport formasini namoyish etmoqda.
Eslatib o'tamiz, «Navbahor» Superliga 19-turi doirasida «Mash'al»ga qarshi o'ynadi va 0:2 hisobida g'alaba qozondi.
