Live
3
O'zbek

Sergey Lushan: "Ochig'ini aytsam, hozirgi ko'rsatayotgan o'yinimiz bilan ligada qolmaymiz"

Eksklyuziv
26 avgust, 13:07
"Mash'al" bosh murabbiyi "Navbahor"ga qarshi bahsdan so'ng o'z fikrlarini bildirdi.
Sergey Lushan: "Ochig'ini aytsam, hozirgi ko'rsatayotgan o'yinimiz bilan ligada qolmaymiz"
Фото: Машъал ПФК
26.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Mashal Mashal 0 : 2 Navbahor Namangan Navbahor Namangan

Superliganing 19-turi doirasida autsayder hisoblangan "Mash'al" G'uzorda "Navbahor"ni qabul qildi. O'yindan oldin namanganliklarning imkoniyati yuqori baholangandi va amalda ham shunday bo'ldi va ular mehmonlarda 0:2 hisobida g'alaba qozonishdi. Navbatdagi mag'lubiyatdan so'ng "Mash'al" ustoz Sergey Lushan matbuot anjumanida qatnashdi.

- Bugun sodir bo'lishi kerak bo'lgan narsa sodir bo'ldi. Bu borada aytadigan gap yo'q. Raqib jamoa tarkib jihatidan ham, o'yin nuqtai nazaridan ham bizdan bir bosh ustun edi. Aslini olganda, vaziyat shuni ko'rsatib turibdi.

— Jamoa bu o'yinga kela olmayapti, degan xabarlar tarqalgan edi. Bu borada nima deya olasiz?

— Ha, shunday. Xudoga shukur, duolarimizni Alloh eshitdi. Bugun, mening tushunishimcha, hisob raqamimizga qandaydir mablag' tushgan. Umid qilamanki, bu futbolchilarimiz uchun biroz bo'lsa-da, nafas rostlab olish imkonini beradi. Olti oy davomida maoshsiz qolish juda og'ir.

— Jamoaning hozirgi holatidan kelib chiqib, Superligada qolish imkoniyatlarini qanday baholaysiz? Qancha foiz deb o'ylaysiz?

— Qoladimi? Rostini aytsam, qanday foiz aytishim mumkinligini bilmayman. Menimcha, barcha aqlli odamlar bizni allaqachon "ko'mib" bo'lishgan. Lekin men doimo aytaman: imkonsiz narsaning o'zi yo'q. Men bunday holatlarni bir necha marta ko'rganman. Masalan, 1999 yildagi Moskva CSKAsi. Birinchi davradan keyin oxirgi o'rinda edi. Keyin esa barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, ikkinchi o'rinni egallagan. Men bunday holatni hayotimda bir marta ko'rganman. Lekin men Dolmatov emasman, bizning jamoa ham, aniqki, Moskva CSKAsi emas. Shuning uchun juda qiyin.

Zaxira o'rindig'imizga qarang — xuddi "dubl" jamoasidek. Tarkibda olti nafar futbolchining barchasi "dubl"dan. Shuning uchun ehtimol, keyingi o'yindan boshlab parallel ravishda tayyorgarlikni boshlaymiz…

— Proligaga tayyorlanishni nazarda tutyapsizmi?

— Proliga. Ha, to'g'ri, Proliga. Bizda boshqa variant yo'q. Agar bizda futbolchilarning sifati va, eng avvalo, soni jihatidan kamida ikkita to'liq tarkib bo'lganida, nimadir haqida gapirish mumkin edi. Bizdagi barcha etakchi futbolchilar — deyarli hammosi ketdi. Ulardan foydalanish imkoni qolmadi. Katta rahmat. Men endi chiday olmayman…Yoshlar orasida yaxshi yigitlar bor. Bugun yana ikki nafarini maydonga tushirishning imkoni bo'lmadi. Aslida "dubl" jamoasidan besh-olti nafar futbolchi bor edi. Endi shu yo'nalishda harakat qilamiz, ko'ramiz.

— Demak, jamoa ligada qoladimi yoki yo'qmi?

— Qolamizmi yoki yo'qmi? Biz hozir ko'rsatayotgan o'yin bilan ochig'ini aytsam, qo'rqaman-ki, qolmaymiz», - deya Lushanning so'zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar