18-tur doirasida Namanganda boʻlib oʻtgan "Navbahor" - "Nasaf" bellashuvida 1:0 hisobida maydon egalari gʻalaba qozondi. Oʻtgan turda yutqazgan qarshiliklar bu safar ham quruq qoʻl bilan qaytishadigan boʻldi.
Bahs yakunlangach mehmonlar ustozi Roʻziqul Berdiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.
- "Navbahor" jamoasini va muxlislarini gʻalaba bilan tabriklaymiz. Oʻylaymanki, ular bugungi oʻyini bilan gʻalaba qozonishga munosib edi. Biz xato bilan boshladik. Oʻz darvozamizga toʻp kiritib qoʻyib, raqibni ishini yengillashtirib qoʻydik. Ikkinchi boʻlimda nimagadir koʻpchilik boʻlib qolganimizdan keyin hujumda texnik xatolarga yoʻl qoʻydik, shoshildik. Uzun paslarga oʻtib ketdik. Yigitlarni nima uchun bunday qilgani tushunarsiz boʻldi. Toʻpni nazorati va aniq paslar bilan borish kerak edi. Lekin xatolikga koʻp uchradik. Hujum uyushtirishda kamchiliklarimiz boʻldi va himoyada qoʻpol xatoga yoʻl qoʻydik. Bu "Navbahor" jamoasiga gʻalaba keltirdi.
- Stadionga kelgan muxlislar jamoangizga qanchalik taʼsir koʻrsata oldi?
- Bu bizga emas, "Navbahor"ga qoʻl keldi. Oʻylaymanki, gʻalabada ularning munosib hissasi boʻldi. Stadion deyarli toʻldi. Bu muhit juda yaxshi. Muxlislarni stadionda qanchalik koʻp boʻlishi jamoasiga shunchalik katta madad va kuch boʻladi. Menimcha, muxlislarni ham bu gʻalabada taʼsiri boʻldi.
- Jamoangiz oxirgi paytlarda barqaror oʻynay olmayapti, yetakchilar ham oʻz darajasida emas. Oldinda OCHL bahslari kutyapti. Bu sizni xavotirga solmayaptimi?
- Albatta, biz jamoamiz ichidagi holatni yaxshi bilamiz. Buni hech kim bilan boʻlishmoqchi emasmiz. Jamoamizda yetakchilar bor, har qanday holatdan chiqishga qodir. Hozirgi vaziyatimiz shunaqaki, ikkita yaxshi jamoa bilan oʻynadik va magʻlubiyatlarga uchradik. Bundan chiqib ketish yoʻllarini izlashimiz kerak. Yigitlarimiz bunga qodir. Oʻylaymanki, jamoamizda vaziyatni oʻnglashga kuch topiladi.
- 30-avgust kuni yana shu yerda "Navbahor"ga qarshi Kubok doirasida oʻynaysizlar. Bu sizlar uchun qanchalik muhim?
- Bu Kubok oʻyini, bitta uchrashuvdan iborat boʻladi. Bugungi oʻyin koʻrsatdiki, biz bu jamoa bilan kurashsak boʻladi. Oʻyinda yanada eʼtiborliroq, tartibliroq oʻynashimiz kerak boʻladi. Jamoamizni bu uchrashuvga tiklay va tayyorlay olamiz. Bu ham vazifalarimizdan biri. Ijobiy hal qilishga harakat qilamiz", - deya Berdiyevning soʻzlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Roʻziqul Berdiyev: "Oʻz darvozamizga toʻp kiritib, raqibni ishini yengillashtirdik"
Eksklyuziv
21 avgust, 15:53
"Nasaf" bosh murabbiyi "Navbahor"ga qarshi bahs haqida fikr bildirdi.
Фото: Навбаҳор ПФК
21.08.2026
FT
O‘zbekiston Superligasi
Navbahor Namangan
1
:
0
Nasaf Qarshi