Live
9
O'zbek

Superliga. "Paxtakor" Qarshida "Nasaf"ni mag'lub etib, "Neftchi" bilan farqni qisqartirdi

Futbol
16 avgust, 12:13
O'yindagi barcha gollar qarshiliklar tarbiyalanuvchilari hisobiga yozildi.
Superliga. "Paxtakor" Qarshida "Nasaf"ni mag'lub etib, "Neftchi" bilan farqni qisqartirdi
Foto: UzPFL
16.08.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi 1 : 2 Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent

O‘zbekiston chempionatining 17-turidan o‘rin olgan markaziy o‘yinda "Paxtakor" Qarshida "Nasaf" ustidan g‘alaba qozondi. G‘alaba to‘pini aynan "ajdarlar" safidan "sherlar"ga o‘tgan Oybek Bozorov kiritdi.

Toshkent klubi ochkolarini 38 taga yetkazib, 2-o‘rinni mustahkamladi va peshqadam "Neftchi" (42) bilan farqni qisqartirdi. Ro‘ziqul Berdiyev jamoasi esa 25 ochko bilan 6-pog‘onada qoldi.

Superliga. 17-tur
Nasaf — Paxtakor 1:2

16 avgust, Qarshi, "Markaziy" stadion
Gollar: Sharof Muhiddinov (48) — Alibek Davronov (15, avtogol), Oybek Bozorov (72).
Nasaf — Abduvohid Ne'matov, Akrom Komilov (G‘olib G‘aybullayev, 46), Alibek Davronov, Umar Eshmurodov, Oybek Rustamov (Bekjon Rahmatov, 72), Murod Rahmatov, Sardor Bahromov (Abbos G‘ulomov, 78), Zafarmurod Abdurahmatov (Diyor Abdunazarov, 46), Sharof Muhiddinov, Adenis Shala (Yusuf Otubanjo, 78), Bobur Abduxoliqov
Paxtakor — Sanjar Quvvatov, Sherzod Nasrullayev, Hojiakbar Alijonov, Zaid Tahsin, Akmal Mozgovoy, Doston Hamdamov (Hojimat Erkinov, 67), Abdurauf Bo‘riyev, Flamariyon (Ibrohim Ibragimov, 88), Sardor Sobirxo‘jayev, Bashar Resan (Oybek Bozorov, 67), Stefen Chinedu (Murtazo Puraliganji, 78)
Ogohlantirishlar: Oybek Rustamov (30), Doston Hamdamov (45+5), Sardor Sobirxo‘jayev (52), Diyor Abdunazarov (54), G‘olib G‘aybullayev (88).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nasaf Qarshi Nasaf Qarshi
  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

15+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar