O‘zbekiston Superligasining 27-turidan so‘ng turning ramziy jamoasi e’lon qilindi.
Undan ushbu tur bahslarida o‘z pozitsiyalarida samarali harakat qilgan va jamoalariga muhim hissa qo‘shgan futbolchilar o‘rin oldi.
Darvozabon: Umid Ergashev («Xorazm»)
Himoyachilar: Muhammadqodir Hamraliev («Navbahor»), Umarbek Eshmurodov («Nasaf»), Anvar G‘ofurov («Neftchi»), Sherzod Nasrullaev («Paxtakor»)
Yarimhimoyachilar: Oybek Rustamov («Nasaf»), Suhrob Nurulloev («Lokomotiv»), Diyor Xolmatov («Navbahor»), Dostonbek Hamdamov («Paxtakor»)
Hujumchilar: Temurxo‘ja Abdulxoliqov («Lokomotiv»), Anvar Hojimirzaev («Dinamo»)
