Ispaniyalik mutaxassis Karlos Visens Fransiyaning «Lion» klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi. Bu haqda jamoa matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Ma’lumot uchun, 43 yoshli murabbiy bu lavozimda Lissabonning «Sporting» klubida ishlash uchun jamoani tark etgan Paulo Fonsekaning o‘rnini egalladi. Shartnoma 2028-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Eslatib o‘tamiz, Visens bir necha hafta avval Portugaliyaning «Braga» klubidan iste’foga chiqarilgan edi. U 2025-yil yozidan buyon ushbu jamoani boshqarib kelayotgandi.
Ispaniyalik mutaxassis bungacha sakkiz yil davomida «Manchester Siti» tizimida faoliyat yuritgan. Shu davrda Pep Gvardiolaga asosiy jamoada ham yordam bergan.
Fransiya chempionatining 10-turidan keyin «sherlar» 17 ochko bilan turnir jadvalining beshinchi pog‘onasidan joy olgan.