«Milan» yarimhimoyachi Yunus Musа bilan hamkorlikni davom ettirish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Goal nashri xabar berishicha, klub amerikalik 23 yoshli futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan, biroq muzokaralar hozircha dastlabki bosqichda.
Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Ikki murakkab mavsumdan keyin Musa Ruben Amorim qo‘l ostida o‘zini yana bir bor ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Murabbiy futbolchining katta hajmdagi ish bajarishi va o‘yinni himoyadan hujumga tez o‘tkazish qobiliyatini yuqori baholaydi.
Musa bu mavsumda A Seriyada 11 ta uchrashuvda ishtirok etib, 759 daqiqa maydonda harakat qildi. Yevropa ligasida esa uchta o‘yinda 222 daqiqa to‘p tepdi.