Live
1
O'zbek

Soboslai Vengriya milliy jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin

Futbol
9 noyabr, 14:32
Futbolchi klubi safida jarohat oldi.
Soboslai Vengriya milliy jamoasi o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin
Фото: Getty Images

«Liverpul» yarimhimoyachisi Dominik Soboslai Angliya chempionatining 10-turidan o'rin olgan «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvda jarohat sabab maydonni muddatidan oldin tark etdi. Shu bois futbolchi Vengriya milliy jamoasining noyabr oyidagi o'yinlarini o'tkazib yuborishi mumkin.

Mamlakat futbol federatsiyasi xabar berishicha, yarimhimoyachi tibbiy ko'rikdan o'tadi. Uning natijalari Soboslaigning UEFA Millatlar ligasi doirasida Gruziya va Shimoliy Irlandiya milliy jamoalariga qarshi uchrashuvlarda ishtirok etish-etmasligini belgilab beradi.

«Liverpul» futbolchisi bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 11 ta uchrashuvda maydonga tushib, uchta gol va bitta golli uzatma muallifi bo'ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Vengriya Vengriya
Bugungi yangiliklar