Live
1
O'zbek

«Lion» Fonseka bilan xayrlashganini e’lon qildi

Futbol
4 noyabr, 08:40
Klub murabbiyning iltimosini qondirdi. Portugaliyalik mutaxassis «Sporting» ustoziга aylanadi.
«Lion» Fonseka bilan xayrlashganini e’lon qildi
Foto: Getty Images

«Lion» Paulu Fonseka bilan hamkorlikni to‘xtatganini e’lon qildi.

53 yoshli mutaxassis Fransiya klubi bosh murabbiyi lavozimini tark etdi. Avvalroq u «Sporting»ni boshqarishi haqida xabarlar tarqalgandi.

«Bir necha kun oldin Paulu Fonseka klub rahbariyatiga «Lion»ni tark etish istagi borligini ma’lum qildi. Kutilmagan bu qaror, ayniqsa, mavsum o‘rtasida qabul qilingani sababli, «Lion»da chuqur afsus uyg‘otdi.

Uning qat’iy istagini inobatga olgan holda, rahbariyat bunday sharoitda hamkorlikni davom ettirish klub manfaatlariga mos kelmaydi, degan qarorga keldi. Chunki bunday hamkorlik endi loyihaning muvaffaqiyati uchun zarur bo‘lgan to‘liq sadoqatni kafolatlay olmaydi.

Mavsumning o‘ta mas’uliyatli pallasida «Lion» barcha imkoniyatlarini klub maqsadlariga erishish uchun safarbar etish zarur, deb hisoblaydi.

Shu bois klub rahbariyati Paulu Fonseka qabul qilgan qarorni inobatga oldi va uning o‘rniga yangi murabbiy izlash ishlarini boshladi.

Yangi murabbiy so‘nggi oylarda shakllantirilgan sport loyihasini davom ettira oladigan, klub tamoyillari va talablariga javob beradigan nomzodlar orasidan tanlanadi.

Yangi tayinlovga qadar Jorje Masiel jamoani boshqarish mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi. U milliy jamoalar o‘yinlari uchun belgilangan navbatdagi tanaffusga qadar, jumladan, shu payshanba kuni Yevropa Ligasi doirasida «Real Sosyedad»ga qarshi bellashuvda hamda yakshanba kuni «Brest» maydonidagi bahsda jamoaga ustozlik qiladi.

«Sporting» Paulu Fonseka bilan shartnoma muddatidan oldin bekor qilingani uchun «Lion»ga 5 million yevro tovon puli to‘laydi.

«Lion» Paulu Fonsekaga klubda ishlagan davridagi fidoyiligi, yuqori talabchanligi va mehnati uchun minnatdorlik bildiradi hamda unga faoliyatining yangi bosqichida omad tilaydi»
, — deyiladi Fransiya klubi bayonotida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lyon Lyon
  • Sporting CP Sporting CP
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar