Live
4
O'zbek

De Migelning o‘limiga sababchi bo‘lib qolgan Ovono ijtimoiy tarmoqlarini o‘chirdi

Futbol
4 noyabr, 09:48
    5
«Andorra» klubi darvozaboni to‘qnashuvdan so‘ng kiyinish xonasida yig‘lagan va duo qilgan.
De Migelning o‘limiga sababchi bo‘lib qolgan Ovono ijtimoiy tarmoqlarini o‘chirdi
Foto: Getty Images

Hesus Ovono Hesus de Migel bilan bog‘liq fojiali hodisani og‘ir o‘tkazmoqda.

Ispaniyaning Segunda ligasi 12-turidan o‘rin olgan «Tenerife» va «Andorra» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvning asosiy vaqtiga qo‘shib berilgan 7-daqiqada mehmonlar darvozaboni Hesus Ovono maydon markazida raqib hujumchisi de Migel bilan to‘qnashib ketdi va darhol qizil kartochka bilan jazolandi. «Tenerife» futbolchisi maydonda harakatsiz yotib qoldi va hushini yo‘qotdi.

De Migel tez yordam mashinasida shifoxonaga olib ketildi. OAV xabarlariga ko‘ra, futbolchining yuragi va nafas olishi qariyb 20 daqiqa davomida to‘xtab qolgan. Afsuski, de Migel 3-noyabr kuni ertalab vafot etdi.

AS nashrining yozishicha, o‘yindan so‘ng Ovono kiyinish xonasida yig‘lagan va duo qilgan. Uning yaqinlari futbolchi raqibiga ataylab zarar yetkazishni istamaganini ta’kidlashmoqda: «U — g‘amxo‘r va juda mehribon inson. Uning qalbida zarracha yomonlik yo‘q».

Ushbu voqeadan keyin Ekvatorial Gvineya milliy jamoasi darvozaboni haqorat va tahqirlarga duch keldi. Shu sababli u ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarini yopishga majbur bo‘ldi.

De Migelning vafoti haqidagi xabarni eshitishidan oldin Ovono undan va uning oilasidan kechirim so‘rash hamda yordam taklif qilish maqsadida ular bilan bog‘lanmoqchi bo‘lgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tenerife Tenerife
  • Andorra CF Andorra CF
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh +5 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar