Live
1
O'zbek

«Real» Nadalning klub direktorlar kengashi a’zoligiga nomzodligi tasdiqlandi

Futbol
4 noyabr, 09:24
    13
Jahonning sobiq birinchi raqamli tennischisi rasman Madrid klubida ish boshlaydi.
«Real» Nadalning klub direktorlar kengashi a’zoligiga nomzodligi tasdiqlandi
Foto: Getty Images

«Real» Rafael Nadalni direktorlar kengashi a’zoligiga nomzod sifatida taklif qildi.

Madrid klubi direktorlar kengashi jahonning sobiq birinchi raketkasi, ispaniyalik tennischini o‘z tarkibiga kiritishni tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqishga qaror qildi. Bu haqda klubning rasmiy sayti xabar berdi.

«4-noyabr kuni bo‘lib o‘tgan «Real» futbol klubi direktorlar kengashi yig‘ilishida Rafael Nadal Parerani — klubimizning 67 778-raqamli a’zosini — direktorlar kengashining yangi a’zosi etib tayinlash masalasini delegatlar umumiy yig‘ilishi muhokamasiga kiritishga qaror qilindi.

Rafael Nadal «Real» Madridning faxriy a’zosi, sport tarixidagi eng buyuk afsonalardan biri, shuningdek, dunyodagi eng hurmatga sazovor va mashhur ispaniyalik sportchilardan hisoblanadi.

Bunday ulkan sport va insoniy fazilatlarga ega, Ispaniya va jahon sportida e’tirof etilgan shaxsning klubimiz direktorlar kengashiga qo‘shilishi «Real» Madrid va barcha muxlislar uchun katta sharafdir. Uning ishtiroki klubimizning buguni va kelajagiga hissa qo‘shadi.

Rafael Nadal o‘zining boy yutuqlari bilan haqiqiy afsonaviy sport faoliyatini namoyon etgan. U yakkalikda jami 92 ta sovrinni qo‘lga kiritgan. Ularning orasida «Katta dubulg‘a» turnirlaridagi 22 ta g‘alaba, ikkita Olimpiya oltin medali, Ispaniya jamoasi bilan Devis kubogidagi beshta g‘alaba hamda jahonning birinchi raketkasi maqomi bor.

Biroq uning shaxsi faqat sportdagi yutuqlar bilan cheklanmaydi. Iste’dodi, doimiy ravishda o‘z ustida ishlashi, fidoyiligi, g‘alabaga bo‘lgan intilishi, kamtarligi, raqiblari va jamoadoshlariga hurmati hamda hamjihatlik tuyg‘usi uni kortda ham, undan tashqarida ham namuna bo‘lishga loyiq insonga aylantiradi.

Bu qadriyatlarning barchasi «Real» Madridning ajralmas bir qismi hisoblanadi. Rafael Nadal butun sport faoliyati davomida ushbu qadriyatlarni o‘zida mujassam etdi va ularga sodiq qoldi. Natijada u butun dunyodagi millionlab insonlarning qahramoniga aylandi
», — deyiladi klub bayonotida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

13 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar