«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinio Chempionlar ligasi 4-turidan o‘rin olgan AEKka qarshi bahsdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
«Gretsiyada har doim o‘ynash qiyin bo‘lgan. Ular — mamlakat chempioni. Chempionlarga qarshi ko‘p marta maydonga tushganmiz. Gretsiyada o‘ynash esa har doim qiyin. Yevropa qiroli bo‘lgan «Real» Gretsiyada o‘tkazgan sakkizta uchrashuvining faqat bittasida g‘alaba qozongan.
Ko‘p yillar avval bu yerda ikki marta o‘ynaganman va bunday muhitda bahs olib borish qanchalik qiyinligini yaxshi bilaman. Ularning Chempionlar ligasidagi taqvimi juda tig‘iz. Ishonchim komilki, ular o‘z maydonidagi uchrashuvlarni ochko jamg‘arish uchun eng yaxshi imkoniyat deb hisoblashadi.
Bundan tashqari, har qanday raqib «Real»ning oq libosini ko‘rganda o‘zida favqulodda motivatsiya his qiladi. Bu bahsda eng yaxshi o‘yinimizni namoyish etishimiz kerak. Aks holda g‘alaba qozona olmaymiz», — deya Mourinyuning so‘zlarini keltiradi AS nashri.
Ma’lumot uchun, AEK – «Real» uchrashuvi 4 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.