«Arsenal» klubi «Hall Siti» vingeri Muhammad Bashir Bellumini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
Goal nashrining xabar berishicha, «to‘pchilar» jazoirlik 24 yoshli futbolchining rivojlanishini kuzatib bormoqda va qishki transfer oynasida uni transfer qilish ehtimolini o‘rganmoqda.
O‘z navbatida Bellumi London klubi tomonidan bildirilayotgan qiziqishga ijobiy munosabatda.
Ma’lumot uchun, Muhammad Jazoir milliy jamoasining sobiq futbolchisi Laxdar Bellumining o‘g‘li hisoblanadi. Bu mavsumda u barcha turnirlar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatma muallifiga aylandi.
Avvalroq Vilyam Saliba «Arsenal» mashg‘ulotlariga qaytganligi xabar qilingandi.