«Lion» bosh murabbiyi Paulo Fonseka jamoani tark etgan taqdirda, uning o‘rnini Tiago Motta egallashi mumkin. Bu haqda Football Italia nashri xabar bermoqda.
Fransiya chempionatida 9 turdan keyin 3-o‘rinda borayotganiga qaramay, portugaliyalik mutaxassisning klubdan ketishi ehtimoli bor.
L’Équipe nashri ma’lumotiga ko‘ra, Fonseka rahbariyatdan jamoani tark etishga ruxsat berishni so‘ragan. U Lissabonning «Sporting» klubini boshqarishni istamoqda.
Agar Fonseka «Lion»ni tark etsa, uning o‘rniga nomzodlardan biri Tiago Motta bo‘lishi mumkin.
Italiyalik mutaxassis 2025-yil mart oyidan buyon ishsiz. U «Yuventus»ni tayinlanganidan bir yil ham o‘tmay tark etgan. Unga qadar Motta «Bolonya»da muvaffaqiyatli faoliyat olib borib, jamoani 2023/24-yilgi mavsumda Chempionlar ligasi yo‘llanmasiga olib chiqqan edi.
2026-yil iyun oyi boshida «Yuventus» Motta bilan shartnomani rasman bekor qilgan. Shu tariqa, mutaxassis yangi klub bilan shartnoma imzolash va murabbiylik faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega.