Live
3
O'zbek

Enrike: «Himoyachining 3 ta gol urib, 2 ta assist berganini avval ko‘rganmisiz?»

Futbol
31 oktabr, 01:15
    10
«PSJ» bosh murabbiyi «Gavr»ga qarshi o‘yindagi Hakimining o‘yini haqida gapirdi.
Enrike: «Himoyachining 3 ta gol urib, 2 ta assist berganini avval ko‘rganmisiz?»
Foto: Getty Images
30.10.2026 FT Liga 1 Fransiya Le Havre Le Havre 1 : 5 Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike Fransiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan «Gavr»ga qarshi uchrashuvda (5:1) himoyachi Ashraf Hakimi 3 ta gol urib, 2 ta assist amalga oshirganiga munosabat bildirdi.

«Ashraf Hakimi uchun bu unutilmas oqshom bo‘ldi. Himoyachining 3 ta gol urib, 2 ta assist berganini avval ko‘rganmisiz?

Ha, Xakimi — jamoa sardori. Biz uning kuchli jihatlarini yaxshi bilamiz. Aslida, u ko‘proq hujumchiga o‘xshaydi: yuqorida harakat qiladi, ochilishni va assistlar berishni biladi.

To‘p bizda bo‘lganida, u sof hujumchiga aylanadi. To‘p raqibda bo‘lsa, hamma himoyachiga aylanadi.

U dunyoning eng yaxshi o‘ng qanot himoyachisi. Lekin meni uning 3 ta gol urganidan ko‘ra, doim eng yuqori saviyada o‘ynashi va har doim maydonga tushishga tayyorligi ko‘proq hayratga soladi. Bu jamoamiz uchun juda muhim», — deya Enrikening so‘zlarini keltiradi L’Équipe nashri.

Ma’lumot o‘rnida, parijliklar Liga 1 turnir jadvalida 20 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Jamoa navbatdagi uchrashuvini Chempionlar Ligasi doirasida «Vilyarreal»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Le Havre Le Havre
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh +3 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar