Angliya milliy jamoasi sobiq hujumchisi Maykl Ouen 2001-yilda yutgan «Oltin to‘p» sovrini odamlar tomonidan yetarlicha e’tirof etilmayotganini aytdi.
«Menimcha, «Oltin to‘p»ni yutgan boshqa futbolchilarga ko‘rsatilgan e’tirof menga nisbatan bildirilmaydi.
Mamlakatimizda bu sovringa hech qachon bunday katta ahamiyat berishmagan. Ispaniyada bo‘lganimda esa bu g‘alabam uchun meni qahramon deb atashardi.
Bu mukofot bilan cheksiz faxrlanaman. G‘oliblar ro‘yxatiga qarasam, hali ham telefonimda natijalar jadvalining suratini saqlab kelayotganimni eslayman. Unda ikkinchi, uchinchi, to‘rtinchi va boshqa o‘rinlarni egallagan futbolchilar ko‘rsatilgan.
Bu ro‘yxatga qarasangiz, hayajondan nafasingiz ichingizga tushib ketadi. Bolaligimda aynan shuni orzu qilardim.
Men shunchaki futbolchi bo‘lishni emas, balki eng yaxshi futbolchi bo‘lishni istardim. Hozir bu g‘alaba menga futbol o‘ynagan paytimdagidan ham ko‘proq quvonch bag‘ishlaydi.
22 yoshda bo‘lganingizda esa bu yana bir sovrin, xolos. Endi uni yana bir bor yutishingiz kerak bo‘ladi», — dedi Ouen.
Eslatib o‘tamiz, 2026-yilgi «Oltin to‘p» sovrini yana bir angliyalik futbolchi Harri Keynga nasib etdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi