Fransiya chempionatining 9-turida «Lill» o‘z maydonida «Lans» ustidan minimal hisobda g‘alaba qozondi.
Bellashuvdagi yagona gol 86-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Olive Jiru hisobiga yozildi.
Bu g‘alabadan so‘ng «Lill» ochkolari sonini 16 taga yetkazib, 3-o‘ringa ko‘tarildi. 14 ochkosi bor «Lans» esa 7-pog‘onada bormoqda.
Liga 1. 9-tur
Lill — Lans 1:0
Gol: Jiru 86.
Lill – Ozer, Perro (Verdonk, 78), Ngoy, Ribeiro, Goffi, Mukau (Jiru, 73), Benjamin, Bentaleb, Mbappe (Bakwa, 73), Haraldsson (Perren, 90), Soriba.
Lans – Risser, Todibo (Kadile, 62), Baidu, Aguilar, Kyuizans, Aydara (Bulatovich, 80), Abdulhamid, Yudol, Sotoka (Anonio, 62), Torgan Azar (Ivanovich, 69), Toven.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi