Live
2
O'zbek

Liga 1. «Nitsa» o‘z maydonida «Renn»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
30 oktabr, 16:55
Vai mezbonlar safida het-trik qayd etdi.
Liga 1. «Nitsa» o‘z maydonida «Renn»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Фото: Getty Images
30.10.2026 FT Liga 1 Fransiya Nice Nice 5 : 2 Rennes Rennes

Fransiya chempionatining 9-turidan o‘rin olgan uchrashuvda «Nitsa» o‘z maydonida «Renn»ni 5:2 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 12-daqiqasida Ele Vai penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. 15-daqiqada esa Sebastyan Shimanskiyning goli evaziga muvozanatni tiklashdi. 34-daqiqada Vai yana penaltidan «Nitsa»ni oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan ikkinchi daqiqada Jonatan Klos mezbonlarning ustunligini yanada oshirdi. 52-daqiqada Muhammad Amura jamoasining to‘rtinchi golini kiritdi.

Oradan olti daqiqa o‘tib, Bulaye Dia penaltini aniq amalga oshirib, «Renn»ning farqni qisqartirishga erishdi. 73-daqiqada Vai yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, het-trik qayd etdi.

Bu g‘alabadan so‘ng «Nitsa» ochkolari sonini 14 taga yetkazib, 7-o‘ringa ko‘tarildi. «Renn» esa 16 ochko bilan 2-pog‘onada.

Fransiya chempionati. 9-tur
Nitsa — Renn 5:2
Gollar:
Vai 12 penaltidan, 34 penaltidan, 73, Klos 45, Amura 52 – Shimanskiy 15, Dia 58 penaltidan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nice Nice
  • Rennes Rennes
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar