Fransiya chempionatining 8-turida «Monako» o‘z maydonida «Lill»ni qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Mehmonlar 24-daqiqada Etan Mbappening goli evaziga hisobni ochdi.
67-daqiqada «Lill» himoyachisi Tangi Nyanzu qizil kartochka oldi. Son jihatdan ustunlikka ega bo‘lgan «Monako» 74-daqiqada Eden Diopning goli bilan muvozanatni tikladi. Rossiyalik yarimhimoyachi Aleksandr Golovin bahsni to‘liq o‘tkazdi, ammo gol yoki golli uzatma bilan ajralib turmadi.
Fransiya chempionati. 8-tur
Monako — Lill 1:1
Gollar: Diop 74 — Mbappe 24.
Chetlatish: Nyanzu 67.
Monako: Gradeski, Teze, Vanderson (90), Sadibu Sane, Flavio Nazinyo, Ansu Fati (Deturbe, 15), Folarin Balogun (90), Denis Zakariya (Diop, 46), Mamadu Kulibali (Ablin, 46), Lamin Kamara, Aleksandr Golovin, Paris Brunner.
Lill: Berke Ozer (90), Alexsandro Ribeyro, Tangi Nyanzu, Romen Perro, Natan Ngoy, Benjamin Andre, Nabil Bentaleb (Yondjio Mata, 80), Ngalayel Mukau, Soriba Dyau (Isaak Kossye, 63), Etan Mbappe (Maksima Goffi, 69), Hakon-Arnar Haraldsson (Maurits Kyergaard, 80).