«PSJ» Xvicha Kvaratsxeliyaga o‘rinbosar izlamoqda va yanvar oyida «Bayer» klubida to‘p tepayotgan hujumkor yarimhimoyachi Ibrohim Maza bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda. Bu haqda Goal nashri xabar berdi.
Bunga gruziyalik vingerning og‘ir jarohat olgani sabab bo‘lmoqda. Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 3-turidan o‘rin olgan «Barselona»ga (4:2) qarshi o‘yinda 25 yoshli futbolchining tizzasidagi oldingi xochsimon bog‘lami uzildi. Shu sababli u katta ehtimol bilan mavsumning qolgan qismini o‘tkazib yuboradi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Maza «PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrikenинг talablariga mos keladi. Biroq transferni amalga oshirish uchun Parij klubi kamida 50 million yevro taklif qilishi kerak bo‘ladi. Shu bilan birga, 20 yoshli yarimhimoyachi boshqa top-klublar, jumladan, «Arsenal» va «Tottenhem» jamoalari e’tiborini ham tortgan.
Maza bu mavsumda Leverkuzen klubi safida barcha musobaqalarda 9 ta bahsda ishtirok etib, 3 ta gol va 3 ta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan. Uning nemislar bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilning yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, jazoirlik futbolchining qiymati 50 million yevroni tashkil etadi.
«PSJ» Xvichaning o‘rnini «Bayer» vingeri bilan to‘ldirmoqchi
Futbol
22 oktabr, 22:55
Parij klubi uzoq muddatga safdan chiqqan gruziyalik vingerga o‘rinbosar topdi.
Foto: Getty Images