Bugun
38
O'zbek

«PSJ» jarohat olgan Kvaratsxeliyaga 2032 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qiladi — Xokins

Futbol
21 oktabr, 17:09
Fransuz klubi rahbariyati gruziyalik vinger bilan yangi, uzoq muddatli shartnoma imzolash niyatida.
«PSJ» jarohat olgan Kvaratsxeliyaga 2032 yilgacha mo‘ljallangan yangi shartnoma taklif qiladi — Xokins
Foto: Gettyimages

Fransiyaning «Pari Sen-Jermen» klubi rahbariyati jamoaning gruziyalik qanot himoyachisi Xvicha Kvaratsxeliya bilan yangi uzoq muddatli mehnat shartnomasini tuzishga qaror qildi. Bu haqda fransiyalik insayder Fabris Xokins ijtimoiy tarmoqlarda xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, 25 yoshli futbolchining Parij grandi bilan yangi shartnomasi 2032-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan bo‘lishi kutilmoqda.

Tibbiy shtab futbolchining «Barselona»ga qarshi o‘yinda (4:2) olgan jarohati tasdiqlanganidan so‘ng, parijliklar rahbariyati hamkorlik muddatini uzaytirish bo‘yicha muloqotni boshladi. Bunday harakat bilan klub futbolchisiga maksimal ishonch bildirishga va vingerni tiklanish davrida ruhiy qo‘llab-quvvatlashga qaror qildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangilangan shartnoma Kvaratsxeliyani jamoaning eng ko‘p maosh oladigan futbolchilaridan biriga aylantiradi va u «PSJ»da oylik miqdori bo‘yicha TOP-3ga kiradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar