Live
2
O'zbek

O‘zbekiston kubogi. «Navbahor» so‘nggi yarimfinalchiga aylandi

Futbol
21 oktabr, 12:01
    18
Kapadze jamoasi «G‘azalkent»ni mag‘lub etdi va final yo‘llanmasi uchun OKMKga qarshi o‘ynaydigan bo‘ldi.
O‘zbekiston kubogi. «Navbahor» so‘nggi yarimfinalchiga aylandi
Foto: FC Navbahor
21.10.2026 FT Oʻzbekiston Kubogi Navbahor Namangan Navbahor Namangan 3 : 1 Gazalkent Gazalkent

O‘zbekiston kubogi chorakfinalidan so‘nggi bahsda «Navbahor» o‘z uyida Proliga vakili «G‘azalkent» ustidan g‘alaba qozondi. Muhammadali G‘iyosov, Joel Kojo va Husayn Norchaevning gollariga Lazizbek Mirzaev bir bor javob berdi.

Shu tariqa markazlashgan tarzda o‘tadigan yarimfinalning juftliklari ma’lum bo‘ldi. Unda «Lokomotiv» «Andijona» bilan, «Navbahor» esa OKMKga qarshi to‘qnash keladi.

O‘zbekiston kubogi. 1/4 final
Navbahor — G‘azalkent 3:1

21 oktabr, Namangan, «Markaziy» stadion
Gollar: Muhammadali G‘iyosov (26), Joel Kojo (32), Husayn Norchaev (82) — Lazizbek Mirzaev (52).
Navbahor — Shukron Yo‘ldoshev, Saidazamat Mirsaidov (Muhammadqodir Hamraliyev, 81), Islom Mamatkazin, Benjamin Teidi, Muhammadali G‘iyosov (Dilshod Komilov, 75), Asad Rahimjonov (Diyor Xolmatov, 62), Umar Adhamzoda, Joel Kojo (Husayn Norchaev, 75), Jasur Jaloliddinov, Giorgi Jgerenaya, Muhammadali Usmonov (Vanya Ilich, 62).
G‘azalkent — Timofey Tolstenov, Ozodbek Ibodulloyev, Feruz Olimov (Muhammadyusuf Fayzullayev, 72), Vladislav Nabatov, Muhammadaziz Ro‘ziboev, Suxrob Sadirjanov (Adam Prisyajnyuk, 86), Diyorbek Tojiyev, Qodirbek Mamasov, Muhammadyusuf Mirqodirov, Lazizbek Mirzaev, Umidjon Turg‘unov.
Ogohlantirishlar: Turg‘unov (33), Usmonov (36),Ibodulloyev (37).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Navbahor Namangan Navbahor Namangan
  • Gazalkent Gazalkent
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

18 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar