Live
9
O'zbek

Mirko Yelichich: «O‘yin ikki tomon uchun ham og‘ir kechdi»

Eksklyuziv
24 noyabr, 13:46
Mirko o‘yindan keyingi matbuot anjumanida ishtirok etdi.
Mirko Yelichich: «O‘yin ikki tomon uchun ham og‘ir kechdi»
Фото: Локомотив ПФК
24.11.2026 AET Oʻzbekiston Kubogi Andijon Andijon 0 : 2 Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent

O‘zbekiston Kubogi yarimfinali doirasida Olmaliqda o‘tkazilgan «Andijon» va «Lokomotiv» (0:2) o‘rtasidagi uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida dastlab toshkentliklar ustozi Mirko Yelichich qatnashdi.

«Chiroyli o‘yin bo‘ldi. Bu o‘yin ikki tomon uchun ham og‘ir kechdi. «Andijon» bilan o‘tgan o‘yindan keyin ham aytgandim, bu jamoaning jismoniy holati ham, sifati ham yaxshi. Shu sababli bu raqibga qarshi o‘yinlar juda og‘ir kechgan.

Futbolchilarning sifati va jismoniy holatiga kelsak, bugun shunday o‘yin bo‘lishini bilardik. Mavsum yakuniga yaqinlashib qoldik, barcha futbolchilar biroz charchagan. Bu ham o‘yinning sifatiga ta’sir ko‘rsatadi, albatta.

Umuman olganda, bajargan ishlarimizdan mamnunmiz. «Andijon» jamoasiga yaxshi o‘yin uchun rahmat aytaman. Albatta, natijadan xursandman. Chiroyli o‘yin namoyish qilgani uchun «Andijon» klubiga minnatdorlik bildiraman. Ular bizga qarshi ajoyib o‘yin namoyish qilishdi.

Shuningdek, stadionga kelib, bizni qo‘llab-quvvatlagan barcha muxlislarimizga ham minnatdorlik bildiraman», - deya Yelichichning so‘zlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Andijon Andijon
  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Bugungi yangiliklar