O‘zbekiston kubogi yarimfinalida «Lokomotiv» neytral maydonda «Andijon»ni 2:0 hisobida mag‘lub etdi. Bellashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmadi.
Qo‘shimcha bo‘limlarda «Lokomotiv» g‘alabani rasmiylashtirdi. 97-daqiqada Muhammadali Reimov hisobni ochdi. 108-daqiqada esa Temurxo‘ja Abduxoliqov Jasur Yaxshiboyev uzatmasidan so‘ng ikkinchi golni kiritdi.
Shu tariqa, «Lokomotiv» final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Hal qiluvchi bahs 10-dekabr kuni «Paxtakor» stadionida o‘tkaziladi. Unda «Lokomotiv» «Navbahor» bilan kubok uchun kurash olib boradi.
O‘zbekiston kubogi. Yarimfinal
Andijon — Lokomotiv 0:2
Gollar: Reimov 97, Abduxoliqov 108.
Ogohlantirishlar: Ivanov 49, Abdumannopov 63, Turg‘unboyev 90+4.
Foydalanilmagan penalti: Ashortia 75.
Andijon: Adxamov, Abdumajidov, Andronikashvili, Chalasan, Turg‘unboyev, Temirov (Karimov, 102), Ismonaliyev, Toirov (Iminov, 90), Boake, Sulaymonov (Turdimurodov, 70), Abdumannopov (Ashortia, 69; Xoldorxonov, 90).
Lokomotiv: Kozlov, Tupliyev (Nurullayev, 68), Abduxoliqov (Ibrayimov, 114), Ivanov (Nishich, 68), Shushnyar, Mirzayev, Kucherenko, Poyonov, Turopov (Reimov, 78), Zoteev (Muhammadiyev, 114), Yaxshiboyev.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi