Live
11
O'zbek

Mareska De Bryuyneni «Man Siti» tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri deb atadi

Futbol
24 noyabr, 10:55
«Shaharliklar» ustozi sobiq yarimhimoyachisi bilan birga ishlash katta zavq bag‘ishlaganini ta’kidladi.
Mareska De Bryuyneni «Man Siti» tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri deb atadi
Foto: Getty Images
24.11.2026, 15:00 Chempionlar ligasi Manchester Siti Manchester Siti - : - Napoli Napoli

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska Chempionlar ligasi doirasida «Napoli»ga qarshi kechadigan bahs oldidan italiyaliklar safida to‘p tepayotgan Kevin De Bryuyne haqida fikr bildirdi.

«U, shubhasiz, «Manchester Siti» tarixidagi eng yaxshi futbolchilardan biri va klubning eng yorqin vakillaridan hisoblanadi. U ajoyib inson, tarbiyali kishi. U bilan birga ishlash men uchun katta zavq bo‘lgan. Uning qaytganidan juda xursandmiz», — dedi Mareska.

Ma’lumot uchun, De Bryuyne 2015 yildan 2025 yilgacha «Manchester Siti» sharafini himoya qilgan. U ushbu klub bilan Angliya Premyer Ligasida olti marta chempionlikni qo‘lga kiritgan va Chempionlar ligasida g‘olib chiqqan.

Eslatib o‘tamiz, «Manchester Siti» va «Napoli» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-tur bahsi 24 noyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan 26 noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Napoli Napoli
  • Chempionlar ligasi Chempionlar ligasi
Bugungi yangiliklar