Live
11
O'zbek

«Arsenal» Nusa transferiga jiddiy kirishdi

Futbol
24 noyabr, 10:34
Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.
«Arsenal» Nusa transferiga jiddiy kirishdi
Фото: Getty Images

«Leypsig» vingeri Antonio Nusa faoliyatini «Arsenal»da davom ettirishni istamoqda. Bu haqda Football Insider xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, «to‘pchilar» norvegiyalik 21 yoshli futbolchini qishki transfer oynasidagi asosiy maqsadlaridan biri sifatida ko‘rib chiqmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Mikel Arteta hujumning chap qanotini kuchaytirishni rejalashtirgan.

Nusaning o‘zi ham Londonga ko‘chib o‘tishga qiziqish bildirmoqda. Biroq transfer yanvar oyida amalga oshishi uchun «Leypsig» futbolchi uchun belgilagan narxni pasaytirishiga to‘g‘ri keladi. Hozirda Germaniya klubi Antonioning transfer qiymatini taxminan 71,7 million yevro deb baholamoqda.

Nusa bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 16 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar