Live
11
O'zbek

«MYu» angliyalik forvardni APLga qaytarishni istamoqda

Futbol
24 noyabr, 10:29
Ivan Toneyning Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan.
«MYu» angliyalik forvardni APLga qaytarishni istamoqda
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistonining «Al Ahli» klubi hujumchisi Ivan Toney Angliya Premyer-ligasiga qaytishi mumkin. Unga «Manchester Yunayted» qiziqish bildirmoqda.

talkSPORT jurnalisti Aleks Krukning ma’lum qilishicha, mankunianliklar 30 yoshli hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Toney bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, angliyalik hujumchi 2024-yil yozida «Brentford»dan «Al Ahli»ga ko‘chib o‘tgan edi. Faoliyati davomida u «Nyukasl», «Barnsli», «Uigan» kabi klublarda ham to‘p tepgan.

Ivan Toneyning Saudiya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2028-yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 20 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar