Sport arbitraj sudi (CAS) Afrika kubogi-2025 finali yuzasidan yuzaga kelgan mojaro bo‘yicha Senegal futbol federatsiyasining apellyatsiyasini qanoatlantirdi. Natijada Senegal milliy jamoasining chempionlik unvoni tiklandi.
Ma'lumot uchun, Senegal milliy jamoasi 2025 yil yanvar oyida Marokashga qarshi finalda qo‘shimcha bo‘limlarda 1:0 hisobida g‘alaba qozongandi. Biroq Afrika futbol konfederatsiyasi (CAF) apellyatsiya qo‘mitasi keyinchalik senegallik futbolchilarning hakam qaroriga norozilik sifatida maydonni vaqtincha tark etganini sabab qilib, jamoaga texnik mag‘lubiyat yozdi va Marokash foydasiga 3:0 hisobini qayd etdi.
Eslatib o'tamiz, Senegal futbol federatsiyasi ushbu qaror ustidan CASga shikoyat qilgandi. Sport arbitraj sudi apellyatsiyani ko‘rib chiqib, Senegalning finaldagi g‘alabasini tasdiqladi. Shu tariqa Afrika kubogi-2025 chempionligi yana Senegalga tegishli bo‘ldi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi