Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubi hujumchisi Joau Feliks faoliyatini Italiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Corriere dello Sport ma’lumotlariga tayanib, The Touchline xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Napoli» 27 yoshli portugaliyalik futbolchini xarid qilishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Saudiya klubi rahbariyati hujumchining transferidan 45 million yevro ishlab olishni ko‘zlamoqda.
Ma’lumot uchun, Feliks 2025 yil yozidan buyon «An Nasr» safida o‘ynamoqda. U Saudiya klubiga Londonning «Chelsi» jamoasidan o‘tgan. Portugaliyalik futbolchi avvalroq «Benfika», Madridning «Atletiko» klublari, «Barselona» va «Milan» safida ham harakat qilgan. Uning Transfermarkt portalidagi bozor qiymati 28 million yevroga baholangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi