Norvegiyalik futbolchi Erling Holand familiyasidan brend sifatida foydalanish huquqi yuzasidan polshalik elektrik bilan sudlashmoqda. Bu haqda The Sun ma’lumotlariga tayanib, The Touchline xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 2023 yilda o‘z brendini ro‘yxatdan o‘tkazishga uringan Holand Yevropa Ittifoqida Haaland savdo belgisi avvalroq ro‘yxatdan o‘tkazilganini aniqlagan.
Polshalik elektrik ushbu nom High Advanced Activity Land iborasining qisqartmasi ekanini ta’kidlagan. Biroq komissiya erkak futbolchining mashhurligidan noqonuniy foydalangan degan xulosaga kelib, savdo belgisi ro‘yxatini bekor qilgan. Endilikda elektrik ushbu qaror ustidan shikoyat qilmoqchi.