«PSJ» himoyachisi Ashraf Hakimi Chempionlar ligasi doirasida «Roma»ga qarshi bahs oldidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida klub bilan shartnomasini uzaytirish istagini bildirdi.
«Men «PSJ» tarixini yozishda davom etishni istayman. Bu mening klubim. Bu yerda imkon qadar uzoq vaqt qolishga umid qilaman. Ushbu istagimni Nasser va Luis Kamposga ham yetkazmoqchiman. Ular bu klubni qanchalik sevishimni bilishadi. Men o‘zimni parijlikdek his qilaman. Maqsadim — imkon qadar ko‘proq sovrin yutish», — dedi Hakimi.
Ma’lumot uchun, marokashlik futbolchi 2021 yil yozidan buyon «PSJ» safida to‘p tepmoqda. U Parij klubiga «Inter»dan kelib qo‘shilgan. Himoyachi avvalroq Madridning «Real» va Dortmundning «Borussiya» jamoalarida ham o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» va «Roma» o‘rtasidagi Chempionlar ligasi umumiy bosqichining 5-tur bahsi 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 01:00 da boshlanadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi