Live
12
O'zbek

«PSJ» Grinvud uchun 75 mln yevrodan ko‘proq taklif qilishi mumkin

Futbol
24 noyabr, 08:50
«Fenerbahche» vingeriga «Napoli» va «Atletiko» ham qiziqish bildirmoqda.
«PSJ» Grinvud uchun 75 mln yevrodan ko‘proq taklif qilishi mumkin
Foto: Getty Images

Istanbulning «Fenerbahche» klubi vingeri Meyson Grinvud bir nechta Yevropa grandlarining transfer ro‘yxatidan joy oldi. Bu haqda insayder Ekrem Konur xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, angliyalik futbolchining xizmatlariga «PSJ», «Napoli» va Madridning «Atletiko» klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Biroq Turkiya klubi hozircha futbolchi bilan xayrlashishni rejalashtirmayapti. Shunga qaramay, 75 mln yevrodan ortiq miqdordagi jiddiy taklif kelib tushsa, «Fenerbahche» rahbariyati uni ko‘rib chiqishi mumkin.

Ma’lumot uchun, 24 yoshli Meyson Grinvud ushbu mavsumda Turkiya Superligasida 11 ta bahsda maydonga tushib, yettita gol urdi va ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

Eslatib o‘tamiz, Grinvud avval «Manchester Yunayted» safida harakat qilgan. U keyinchalik faoliyatini Fransiyaning «Marsel» klubida davom ettirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Fenerbahche Fenerbahche
Bugungi yangiliklar