Live
2
O'zbek

O‘zbekiston kubogi finaliga mezbonlik qiladigan stadion finalchilar nomiga qarab belgilanadi

Futbol
23 noyabr, 22:50
    22
Bugun musobaqaning yarimfinal uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston kubogi finaliga mezbonlik qiladigan stadion finalchilar nomiga qarab belgilanadi
Foto: UzPFL

Bugun, 24 noyabr kuni O‘zbekiston kubogining yarimfinal uchrashuvlari bo‘lib o‘tadi.

Olmaliqda «Andijon» va «Lokomotiv» o‘zaro bahs olib borsa, Toshkentda OKMK hamda «Navbahor» jamoalari final yo‘llanmasi uchun kurashadi.

O‘zPFL ma’lumotiga ko‘ra, hal qiluvchi uchrashuvga mezbonlik qiladigan stadion finalchilar nomiga qarab belgilanadi.

Finalning ehtimoliy juftliklari va stadionlari:

  • «Andijon» — «Navbahor»: «Istiqlol» stadioni (Farg‘ona);
  • OKMK — «Andijon»: «Lokomotiv» stadioni (Toshkent);
  • OKMK — «Lokomotiv»: «Lokomotiv» stadioni (Toshkent);
  • «Lokomotiv» — «Navbahor»: «Paxtakor» stadioni (Toshkent).

Final uchrashuvining sanasi esa «Andijon» klubining Superligadagi ishtirokiga bog‘liq bo‘lib qolmoqda. Agar andijonliklar finalga chiqsa va Superligada o‘tish o‘yinlarida ishtirok etadigan bo‘lsa, hal qiluvchi bahs 16 dekabr kuni o‘tkazilishi mumkin.

Agar «Andijon» finalga chiqa olmasa yoki Superligadagi xavfli hududdan uzoqlashsa, kubok finalini 10 dekabr kuni o‘tkazish imkoniyati paydo bo‘ladi.

Ma’lumot uchun, bugungi har ikki yarimfinal uchrashuvi soat 18:15 da start oladi.

O‘zbekiston kubogi finaliga mezbonlik qiladigan stadion finalchilar nomiga qarab belgilanadi
Foto: O‘zPFL

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Oʻzbekiston Kubogi Oʻzbekiston Kubogi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

22 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar