Dortmundning «Borussiya» klubi hujumchisi Seru Girassi bilan shartnomani uzaytirish niyatida. Insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, nemis klubi futbolchi bilan uzoq muddatli yangi bitim imzolamoqchi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, «asalarilar» 30 yoshli hujumchi bilan shartnomani 2030-yilgacha uzaytirishni rejalashtirgan. Girassining o‘zi ham Germaniya klubida qolishga tayyor. Hozirda tomonlar muzokaralarni faol davom ettirmoqda.
Ma’lumot uchun, Gvineya milliy jamoasi hujumchisi 2024-yilning yozidan buyon Dortmund klubi safida to‘p tepmoqda. Uning amaldagi shartnomasi 2027/28-yilgi mavsum oxirigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali Girassining bozor qiymatini 32 million yevroga baholamoqda.