Live
2
O'zbek

«Tottenhem» Uilyams-Barnett bilan shartnomani uzaytirishga yaqin

Futbol
24 noyabr, 06:20
«Chelsi» va Dortmundning «Borussiya»si 18 yoshli yarimhimoyachiga qiziqish bildirmoqda.
«Tottenhem» Uilyams-Barnett bilan shartnomani uzaytirishga yaqin
Foto: Getty Images

«Tottenhem» 18 yoshli yarimhimoyachi Luka Uilyams-Barnett bilan shartnomani uzaytirishi mumkin. Bu haqda Telegraph Football xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «shporlar» futbolchiga «Chelsi» va Dortmundning «Borussiya» klublari qiziqish bildirayotgani sababli yangi bitim bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirgan. Hozirda tomonlar shartnoma shartlarini kelishishga yaqin turibdi.

Uilyams-Barnett «Tottenhem» asosiy jamoasi safida 5 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Eslatib o‘tamiz, «Tottenhem» navbatdagi bahsini 29-noyabr kuni «Sanderlend»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar