Live
3
O'zbek

Malen APLga qaytishga tayyor

Futbol
23 noyabr, 22:54
Futbolchining klub bilan shartnomasi 2030-yilgacha amal qiladi.
Malen APLga qaytishga tayyor
Фото: Getty Images

«Roma» hujumchisi Donyell Malen Angliya chempionatiga qaytish ehtimolini istisno qilmayapti. Bu haqda GiveMeSport nashri xabar bermoqda.

Eslatib o‘tamiz, niderlandiyalik 27 yoshli forvard avvalroq «Aston Villa» safida 46 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urgan. «Roma»ga o‘tganidan keyin esa u muntazam ravishda markaziy hujumchi sifatida o‘ynay boshladi va natijadorligi sezilarli darajada oshdi.

Niderlandiyalik futbolchi so‘nggi turda «Parma»ga qarshi o‘tkazilgan (5:1) uchrashuvda poker qayd etdi. Shu tariqa, uning 2026-yilda Italiya chempionatidagi gollari soni 26 taga yetdi. Bu orqali Malen «Roma»ning klub rekordini takrorladi. Mazkur natijaga 1960-yilda Pedro Manfredini ham erishgan edi.

Avvalroq unga «Manchester United» va «Tottenham» klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Tottenhem Tottenhem
Bugungi yangiliklar