Live
2
O'zbek

«MYU» «Liverpul»ning sobiq futbolchisini transfer qilmoqchi

Futbol
24 noyabr, 04:40
«Manchester Yunayted» qishki transfer oynasida Jarell Kuansani o‘z safiga qo‘shishni rejalashtirmoqda.
«MYU» «Liverpul»ning sobiq futbolchisini transfer qilmoqchi
Foto: Getty Images
22.11.2026 FT Angliya Premer-ligasi Liverpul Liverpul 4 : 0 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

Leverkuzenning «Bayer» klubi himoyachisi Jarell Kuansa faoliyatini «Manchester Yunayted»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda indykaila News xabar bermoqda.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «qizil iblislar» 23 yoshli futbolchini qishki transfer oynasida sotib olishni istamoqda. Jamoaning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino ushbu mavsumda jiddiy muammolarga duch kelayotgan himoya chizig‘ini kuchaytirishni maqsad qilgan. Biroq «Bayer» o‘z himoyachisi uchun yuqori narx belgilashi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Kuansa ushbu mavsum barcha musobaqalarda 15 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Transfermarkt portali 23 yoshli futbolchining bozor qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Bayer Bayer
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar