Live
7
O'zbek

«Man Siti» natijalardan qat’i nazar Mareskaga vaqt beradi

Futbol
23 noyabr, 09:09
«Shaharliklar» bu borada Artetaga imkon bergan «Arsenal»ni namuna qilib olishgan.
«Man Siti» natijalardan qat’i nazar Mareskaga vaqt beradi
Foto: Getty Images

«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska 2026/2027 yilgi mavsum oxiriga qadar egallab turgan lavozimini aniq saqlab qoladi. Bu jamoaning natijalari qanday bo‘lishidan qat’i nazar amalga oshadi. Bu haqda The Touchline nashri X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.

Mutaxassis bilan tuzilgan shartnomani kelasi yozga qadar qayta ko‘rib chiqmaslik haqidagi qaror mavsum boshlanishidan oldin qabul qilingan.

Manbaga ko‘ra, «Manchester Siti» «Manchester Yunayted» va «Chelsi» klublarida bo‘lgani kabi bosh murabbiylarning tez-tez almashish holatlaridan qochmoqchi.

Ta’kidlanishicha, «Arsenal» klubining ispaniyalik Mikel Artetaga dastlabki qiyin mavsumlarda sabr bilan munosabatda bo‘lgani «Siti» uchun namuna bo‘lgan. Ya’ni, London klubida murabbiyga rahbariyat tomonidan bosim o‘tkazmasdan, o‘z g‘oyalarini jamoaga singdirishi uchun vaqt berish qanday natija keltirishi mumkinligi isbotlandi.

Angliya Premyer-ligasining 11-turidan keyin «Manchester Siti» turnir jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 22 ochko mavjud. Peshqadam «Arsenal» bilan farq 6 ochkoni tashkil etmoqda. APLning so‘nggi to‘rtta turida «shaharliklar» bir marta durang o‘ynab, uch bor mag‘lubiyatga uchradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar