«Liverpul» APL tarixida yana bir muhim natijani qayd etdi.
Angliya chempionatining 11-turida Andoni Iraola shogirdlari o‘z maydonida «Manchester Yunayted»ni qabul qilib, 4:0 hisobidagi yirik g‘alabaga erishdi. Ushbu muvaffaqiyat mersisaydliklar uchun yubiley ahamiyatiga ega bo‘ldi.
Qayd etish lozim, «Liverpul» APL tashkil etilganidan buyon ushbu musobaqa doirasidagi 700-g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Mersisaydliklar chempionat tarixida bunday natijaga erishgan uchinchi klubga aylandi.
Bungacha faqat «Manchester Yunayted» va «Arsenal» 700 ta g‘alaba dovonidan o‘tishga muvaffaq bo‘lgandi.
Ayni paytda APL tarixida eng ko‘p g‘alaba qozongan jamoa «Manchester Yunayted» bo‘lib, manchesterliklar hisobida 776 ta g‘alaba mavjud. «Arsenal» esa 728 ta g‘alaba bilan 2-o‘rinda bormoqda.
Shu tariqa, ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha «Liverpul» londonliklardan 28 ta, manchesterliklardan esa 76 ta g‘alabaga ortda qolmoqda.