Fransiya chempionatining 11-turidan o‘rin olgan bahsda «Marsel» o‘z maydonida «Le Mans»ga qarshi o‘ynadi. Unda mehmonlar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab 33-daqiqada Amin Guiri hisobni ochib, «Marsel»ni oldinga olib chiqdi. 40-daqiqada esa Igor Payshao mezbonlarning ikkinchi golini kiritdi — 2:0.
Biroq ikkinchi bo‘limda mehmonlar vaziyatni o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. 70-daqiqada Lui Mafuta hisobdagi farqni qisqartirdi. Oradan to‘qqiz daqiqa o‘tib, «Le Mans» penalti ishlab oldi. Ammo Mafuta 11 metrlik jarimadan foydalana olmadi. 84-daqiqada Ervan Kolas hisobni tenglashtirdi. 90-daqiqada Jan Verkryussning aniq zarbasi «Le Mans»ga g‘alaba keltirdi — 3:2.
Bu natijadan so‘ng «Marsel» 18 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda. «Le Mans» esa 11 ochko bilan 13-pog‘onada.
Liga 1. 11-tur
Marsel — Le Mans 2:3
Gollar: Guiri 33, Payshao 40 – Mafuta 70, Kolas 84, Verkryuss 90.