Live
3
O'zbek

Enrike g‘alabali seriya bo‘yicha «Barsa»dagi rekordini yangiladi

Futbol
21 noyabr, 18:10
Ispaniyalik mutaxassis «PSJ»dagi faoliyati davomida eng yaxshi seriyasini qayd etmoqda.
Enrike g‘alabali seriya bo‘yicha «Barsa»dagi rekordini yangiladi
Foto: Getty Images
21.11.2026 FT Liga 1 Fransiya Nice Nice 2 : 3 Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain

Luis Enrike «Pari Sen-Jermen» bosh murabbiyi sifatida so‘nggi 12 ta rasmiy bahsning barchasida g‘alaba qozondi.

Jamoa Fransiyada Liga 1ning 11-turida “Nissa”ni 3:2 hisobida magʻlub etdi.

Bu 56 yoshli ispaniyalik mutaxassisning murabbiylik faoliyatidagi eng uzun g‘alabali seriya hisoblanadi.

Enrikening avvalgi eng yaxshi natijasi 2015-yil yanvar-fevral oylarida «Barselona» bilan qayd etilgan bo‘lib, o‘shanda murabbiy ketma-ket 11 ta g‘alabaga erishgan edi.

Ma’lumot uchun, «PSJ» Liga 1da 11 ta o‘yinda 26 ochko to‘plab, peshqadamlik qilmoqda va eng yaqin ta’qibchisi «Lill»dan 5 ochko oldinda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nice Nice
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Bugungi yangiliklar