«Lans» bosh murabbiyini iste’foga chiqardi.
Sentyabr oyida jamoa bosh murabbiyi etib tayinlangan Yannik Kayuzak lavozimini tark etdi. Uning qo‘l ostida jamoa 9 ta uchrashuv o‘tkazib, 3 ta g‘alaba qozondi va 6 marta mag‘lubiyatga uchradi. Jumladan, Yevropa Chempionlar ligasida «Komo»ga 1:9 hisobida imkoniyat boy berildi.
Mavsumni Fransiya Superkubogini qo‘lga kiritish bilan boshlagan jamoa sentyabr oyida Dino Toppmollerni ham iste’foga chiqargandi.
Fransiya Liga 1 jadvalida 11-o‘rinda borayotgan «Lans» 21-noyabr kuni «Tuluza»ga qarshi maydonga tushadi.
«Lans» ushbu mavsumda ikkinchi bor bosh murabbiyni iste’foga chiqardi
Futbol
12 noyabr, 22:25
Mavsumni Superkubokni yutish bilan boshlagan jamoa Liga 1da 11-o‘rinni egallab turibdi.
Foto: Getty Images