Portugaliyalik futbol agenti Migel Alfonso Krishtianu Ronaldu milliy jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan keyin mamlakat futbolida yuzaga kelgan muammolar haqida fikr bildirdi.
«Hozirda bir qator muammolar mavjud. Ronaldu ketganidan keyin milliy jamoada haqiqiy yetakchi paydo bo‘lmadi.
Ayni paytda 3 nafar futbolchi bu maqomga da’vogarlik qilmoqda, ammo ularning hech biri jamoaning asosiy timsoliga aylana olmayapti.
Bundan tashqari, moliyaviy muammolar ham bor. Federatsiya prezidenti Ronaldu ketishi oqibatida daromadlar kamayishiga qarshi qisqa muddatli yechim topa olmadi.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, 2030-yilgi jahon chempionatiga qadar yo‘qotishlar taxminan 85 million yevroni tashkil etishi mumkin. Bu Krishtianuning qanchalik muhim shaxs ekanini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, federatsiya shu yilda yillik budjetini 210 million yevrodan 240 million yevrogacha oshirishni rejalashtirgan edi. Katta ehtimol bilan tashkilot Ronaldu milliy jamoa tizimida qolishi uchun u bilan muzokara o‘tkazishiga to‘g‘ri keladi», — dedi Alfonso «Yevro-Futbol.Ru» nashriga bergan eksklyuziv intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu hozirda Saudiya Arabistonining «An Nasr» klubida faoliyatini davom ettirmoqda.