Bugun
17
O'zbek

Jezush Ramushning Portugaliya milliy jamoasidagi o'rni haqida gapirdi

Futbol
18 noyabr, 00:20
    6
Murabbiy hujumchining so‘nggi ikki bahsdagi o‘yinini umumiy faoliyatidan alohida baholash kerakligini ta’kidladi.
Jezush Ramushning Portugaliya milliy jamoasidagi o'rni haqida gapirdi
Foto: Getty Images
17.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Uels Uels 2 : 3 Portugaliya Portugaliya

Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi Jorje Jezush hujumchi Gonsalu Ramushning jamoadagi o‘rni va maqomi haqida fikr bildirdi. Mutaxassis futbolchining so‘nggi ikki bahsda gol ura olmagani va unchalik yaxshi o‘ynamagani haqidagi fikrlarni muhokama qilish mumkinligini, biroq uning olti o‘yin davomidagi ishtirokini bunday baholab bo‘lmasligini aytdi.

«Gonsalu Ramush haqida gapiradigan bo‘lsak, agar Daniyaga qarshi bahs va bugungi o‘yinni nazarda tutayotgan bo‘lsangiz, u Daniyada gol urgandi-ku. Shu sababli Ramush so‘nggi ikki bahsda gol urmadi va yaxshi o‘ynamadi, desangiz, buni muhokama qilishimiz mumkin. Ammo barcha olti o‘yinni hisobga olsak, bunday emas. U bir nechta bahsda juda yaxshi o‘ynadi», — dedi Jezush matbuot anjumanida.

Murabbiy futbolchining jamoadagi maqomi uning faoliyati davomida erishgan xizmatlariga qarab belgilanishini ta’kidladi. U Krishtianu Ronaldu bilan bir qatorda Brunyu Fernandesh, Bernardu Silva va Ruben Diash kabi futbolchilarni ham alohida e’tirof etdi.

«Men uchun futbolchining maqomi uning butun faoliyati davomida qilgan xizmatlari bilan belgilanadi. Gap faqat Krishtianu Ronaldu kabi alohida maqomga ega futbolchilar haqida ketmayapti. Men ham futbolchi bo‘lganman va ko‘p yillar davomida o‘z maqomiga loyiq bo‘lgan insonlarni juda hurmat qilaman. Masalan, Brunyu Fernandesh, Bernardu Silva va Ruben Diash. Bunday futbolchilar soni tobora ortib bormoqda. Bu men uchun juda muhim, chunki o‘zim ham futbol o‘ynaganman va futbolchilar qanday fikrlashini bilaman», — deya qo‘shimcha qildi murabbiy.

Ma’lumot uchun, Portugaliya milliy jamoasi Millatlar ligasi doirasida Uelsni 3:2 hisobida mag‘lub etdi va guruhda birinchi o‘rinni egalladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Uels Uels
  • Portugaliya Portugaliya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar