Bugun
17
O'zbek

Holand: «Norvegiyalik bo‘lish naqadar yoqimli!»

Futbol
17 noyabr, 22:40
    10
Hujumchi Daniya ustidan qo‘lga kiritilgan g‘alabadan so‘ng milliy jamoasining yil davomidagi natijalarini e’tirof etdi.
Holand: «Norvegiyalik bo‘lish naqadar yoqimli!»
Foto: Getty Images
17.11.2026 FT UEFA Millatlar ligasi. A liga Daniya Daniya 2 : 3 Norvegiya Norvegiya

Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand Millatlar ligasi doirasida Daniyaga qarshi kechgan va 3:2 hisobidagi g‘alaba bilan yakunlangan bahsdan so‘ng o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi. U ushbu yilni faoliyatidagi eng ajoyib futbol yillaridan biri deb atadi.

«Bu men boshdan kechirgan eng ajoyib futbol yillaridan biri bo‘ldi. Norvegiyalik bo‘lish naqadar yoqimli! Bahs oldidan Stole Solbakken: «Kelinglar, ushbu ajoyib futbol yilini yuqori notada yakunlaylik», dedi. Ikkinchi bo‘limda biz to‘liq ustunlik qildik», — dedi hujumchi.

Ma’lumot uchun, Norvegiya Daniyaga qarshi bahsni 0:2 hisobida ortda borayotgan holatda boshladi. Biroq jamoa hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi va qo‘shib berilgan daqiqalarda g‘alaba golini urdi.

Ushbu g‘alaba natijasida Norvegiya milliy jamoasi guruhda ikkinchi o‘rinni egallab, Millatlar ligasining chorakfinal bosqichiga yo‘l oldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Daniya Daniya
  • Norvegiya Norvegiya
  • UEFA Millatlar ligasi. A liga UEFA Millatlar ligasi. A liga
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar