Bugun
17
O'zbek

«PSJ» Markinos bilan shartnomani uzaytirmoqchi

Futbol
19 noyabr, 00:05
Parijliklar braziliyalik futbolchiga 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qilgan.
«PSJ» Markinos bilan shartnomani uzaytirmoqchi
Foto: Getty Images

Fransiyaning «PSJ» klubi jamoa sardori va himoyachisi Markinos bilan amaldagi shartnomani uzaytirish niyatida. Bu haqda RMC Sport jurnalisti Fabrice Hawkins xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Parij klubi 32 yoshli braziliyalik futbolchiga 2029 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv taklif qilgan.

Ayni paytda tomonlar muzokaralar olib bormoqda va shartnomaning ayrim tafsilotlarini muhokama qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, Markinos 2013 yildan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.

Braziliyalik himoyachi Parij klubi safida barcha musobaqalar doirasida 531 uchrashuvda maydonga tushib, 46 ta gol urgan va 12 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Shuningdek, u «PSJ» bilan ikki marta Chempionlar Ligasida g‘olib chiqqan va 11 marta Fransiya chempionligi hamda mamlakat Superkubogini qo‘lga kiritgan.

Avvalroq Markinos eng ko‘p sovrin yutgan o‘yinchilar orasida 2-o‘ringa ko‘tarilgani ma’lum qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar