Bugun
29
O'zbek

Markinos eng koʻp sovrin yutgan oʻyinchilar orasida 2-oʻringa koʻtarildi

Futbol
13 avgust, 23:43
«PSJ» sardori bu borada hamyurti Alvesni ortda qoldirdi.
Markinos eng koʻp sovrin yutgan oʻyinchilar orasida 2-oʻringa koʻtarildi
Foto: Getty Images

«PSJ» himoyachisi va sardori Markinos Fransiya jamoasi 2026 yildagi UEFA superkubogida gʻalaba qozonganidan soʻng faoliyatidagi 42-sovrinni qoʻlga kiritdi.

Parijliklar Angliyaning «Aston Villa» klubini 2:1 hisobida magʻlub etdi. Natijada 32 yoshli braziliyalik dunyodagi eng koʻp sovrin yutgan futbolchilar orasida ikkinchi oʻringa koʻtarildi.

Markinos «Barselona» va Braziliya milliy jamoasining sobiq himoyachisi Dani Alvesni ortda qoldirdi. Uning hisobida 41 ta sovrin bor. Roʻyxatda esa «Inter Mayami» klubi va Argentina milliy jamoasi hujumchisi Lionel Messi 46 ta sovrin bilan peshqadamlik qilmoqda.

Parijliklar himoyachisi faoliyati davomida 11 marta Fransiya chempioni boʻlgan, 2 bor Chempionlar ligasida va 1 martadan Libertadores kubogi hamda Amerika kubogida gʻolib chiqqan. Bundan tashqari, Fransiya kubogini 8 bor, Fransiya superkubogini 10 marta va Fransiya Liga kubogini 6 bor qoʻlga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Liga 1 Fransiya Liga 1 Fransiya
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar