Live
2
O'zbek

«Venger ofsaydi» joriy etilmaydigan bo‘ldi

Futbol
18 noyabr, 16:30
Kanada chempionatida o‘tkazilgan eksperiment o‘zini oqlamadi. Arsenning o‘zi ham sinov natijalaridan qoniqmadi.
«Venger ofsaydi» joriy etilmaydigan bo‘ldi
Foto: Getty Images

«Arsenal»ning sobiq bosh murabbiyi Arsen Venger taklif qilgan ofsayd qoidasi muvaffaqiyatsiz sinovlardan so‘ng IFAB tomonidan tasdiqlanmadi.

«Venger ofsaydi» deb nomlangan qoida Kanadada sinovdan o‘tkazilmoqda. Unga ko‘ra, futbolchi faqat boshi, gavdasi va oyoqlari raqib jamoaning oxiridan ikkinchi himoyachisidan to‘liq oldinda bo‘lgan taqdirdagina ofsayd holatida deb hisoblanadi. Agar tananing biror qismi himoyachi bilan bir chiziqda bo‘lsa, ofsayd qayd etilmaydi.

The Times nashri ma’lumotiga ko‘ra, qoidani sinov tariqasida qo‘llash yangi ofsayd mezonlari jamoalarni yanada chuqurroq himoyalanishga undashini, biroq kiritiladigan o‘zgarishlar gollar sonining ortishiga xizmat qilmasligini ko‘rsatgan.

Ta’kidlanishicha, ushbu yangilikni taklif qilgan Arsen Vengerning o‘zi ham sinov natijalaridan qoniqmagan.

Xalqaro futbol assotsiatsiyalari kengashi (IFAB) mazkur o‘zgarishni ma’qullamaslikka qaror qildi.

Bugungi yangiliklar