Live
6
O'zbek

«Bavariya» Oliseni 300 mln yevroga sotmoqchi emas

Futbol
18 noyabr, 14:36
Fransiyalik 24 yoshli futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan.
«Bavariya» Oliseni 300 mln yevroga sotmoqchi emas
Фото: Getty Images

«Bavariya» klubi prezidenti Herbert Hainer fransiyalik hujumchi Maykl Olisening «Real»ga o‘tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

Mundo Deportivo nashri xabar berishicha, klub rahbari futbolchi uchun hatto 250–300 million yevrolik taklif kelib tushgan taqdirda ham uni sotish niyatida emasligini ta’kidlagan.

Shuningdek, Hainer Madridda Florentino Peres bilan uchrashganida Olisening kelajagi haqida ham suhbatlashganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, «Real» prezidenti futbolchi yoki uning agenti bilan muzokaralar olib borilmaganini aytgan.

Ma’lumot uchun, fransiyalik 24 yoshli futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi shartnomasi 2029-yilgacha mo‘ljallangan. Maykl 2024-yildan buyon Myunxen klubi safida o‘ynamoqda. Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 180 mln yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
Bugungi yangiliklar