«Bavariya» yarimhimoyachisi Jamol Musiala ikki oylik tanaffusdan so‘ng ilk bor maydonga tushishi mumkin.
Sport1 jurnalisti Stefan Kumbergerning ma’lum qilishicha, futbolchi so‘nggi o‘n kundan buyon «Bavariya»ning umumiy guruhida mashg‘ulot o‘tkazmoqda. Jamoa bosh murabbiyi Vensan Kompani ham 23 yoshli germaniyalikning maydonga qaytishiga ruxsat bergan.
Agar ushbu hafta davomida hech qanday muammo yuzaga kelmasa, Musiala juma kuni «Kyoln»ga qarshi bellashuvda maydonga tushishi kutilmoqda.
Musiala Germaniya milliy jamoasi ixtiyorida bo‘lgan vaqtida son mushagidan jarohat olgani sababli 18-sentabrdan buyon o‘ynamayapti.
Musiala ikki oylik tanaffusdan so‘ng maydonga qaytishga yaqin
Futbol
16 noyabr, 07:50
«Bavariya» yarimhimoyachisi juma kuni Bundesligada o‘ynashi kutilmoqda.
Foto: Getty Images
20.11.2026, 14:30
Bundesliga Germaniya
Bavariya
-
:
-
Kyoln